Hindiston xalqaro kinofestivalida Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari bilan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
20-28-noyabr kunlari Goada 53 marotaba oʻtkazilayotgan (International Film Festival of India 53rd) Hindiston xalqaro kinofestivalida bir guruh oʻzbek kinoijodkorlar ishtirok etishmoqda.
Kuni kecha “Oʻzbekiston va Hindiston kinoijodkorlarining hamkorlikdagi loyihalari va istiqbolli rejalari” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda qatnashgan kinoijodkorlar kino sohasida erishilgan yutuqlar, oʻzbek va hind kinematografiyasi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va hamkorlikda filmlar suratga olish toʻgʻrisida muhokamalar oʻtkazishdi.
Hindistonlik kino ustalari yaqinda boʻlib oʻtgan XIV Toshkent xalqaro kinofestivali haqida ham toʻxtalib, tadbirning aʼlo darajada tashkil etilgani va bu davomiy boʻlishini bildirishdi.
Hindistonga tashrifdan asosiy maqsad oʻzaro tajriba almashish, hind kino sanʼati bilan yaqindan tanishish va kinoteatrlar faoliyatini oʻrganishdir. Shuningdek, tashrif davomida koʻplab filmlar prokati, oʻzaro almashinuvi va keng qamrovli hamkorlik yuzasidan kelishuvlar koʻzda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring