Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Samarqand shahriga tashrif buyuradi

20:39 11 Sentyabr 2022 Siyosat
1418 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 15-16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyuradi.

Sammit davomida yetakchilar tashkilotning soʻnggi yigirma yillik faoliyatini tahlil qilishi hamda koʻp tomonlama hamkorlik holati va kelgusi istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda. Sammitda, shuningdek, mintaqaviy va global ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama etiladi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Narendra Modi sammit doirasida bir nechta ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi. Bu haqda Hindiston bosh vazirining rasmiy idorasi xabar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер