Himoya orderi talablarini bajarmagan ota va amaki 5 sutkaga qamaldi

12:35 31 Avgust 2022 Jamiyat
536 0

Foto: Arxiv surat

Oliy sud axborot xizmatining xabariga koʻra, Xiva tumanida yashovchi voyaga yetmagan Nafosat Qodirova (ism-familiyalar oʻzgartirilgan)ning tuman himoya orderi boʻlishiga qaramay ichkilikni kasb qilgan otasi va amakisi unga ruhiy zoʻravonlik oʻtkazishda davom etgan.

Natijada zoʻravonlarga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, maʼmuriy qamoqning har bir kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi qiymatida qamoq xarajatlari undirilishi belgilandi.

Nozik xilqat vakillari har doim oilasi, yaqinlarining himoyasiga muhtoj boʻladi. Afsuski baʼzida erkaklar oilasidagi ayollarni himoya qilish oʻrniga, oʻzi bosh boʻlib haqoratlash va hattoki kaltaklashgacha borishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер