«Hilton» mehmonxonasidan AQSH diplomatining oʻligi topildi
Illyustrativ foto
Kiyevdagi «Hilton» mehmonxonasida AQSH elchixonasi xodimi oʻlik holda topildi. Ismi oshkor etilmagan attashening (yuqori lavozimdagi shaxs yoki boshqa xizmat idoraning diplomatik yoki maʼmuriy xodimlariga biriktiriladigan diplomatik vakil) jasadi seshanba kuni topilgan. Bu haqda Ukrainaning «Strana UA» va «New Voice» axborot agentliklari xabar berdi.
AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller ham bu hodisani tasdiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, xodim Kiyevda ishlagan va tabiiy sabablar tufayli vafot etgan.
Maʼlumotlarga koʻra, marhumning xolesterin darajasi yuqori boʻlgan. Jasadda zoʻravonlik alomatlari va hyech qanday suiqasd belgilari yoʻq. Marhum joylashgan xona ichkaridan qulflangan boʻlgan. AQSH elchixonasi vaziyatni toʻliq oʻz nazoratiga olgan va hech qanday boshqa tomonning oʻrganishiga yoʻl qoʻymayapti.
Mart oyida manbalar «Foreign Policy» jurnaliga AQSHning Kiyevdagi elchixonasiga qoʻshimcha diplomatlarni joylashtirish rejalari haqida yozgan edi. AQSHlik diplomatlar soni Ukrainada haddan tashqari koʻpayib ketgan boʻlib, hozirda 100 dan 200 ga yaqin diplomat va harbiy attashelar Kiyevda faoliyat yuritmoqda.
Avvalroq, AQSH nashri jurnalisti josuslikda ayblanib Rossiyada hibsga olinganligi haqda xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring