Hidlar ham shifo beradi — tadqiqot
Har bir inson lavanda tashvish, uyqusizlik va depressiyaga qarshi vosita ekanini yaxshi bilsa kerak. Lekin uning moyi soch oʻsishiga yordam berishini hamma ham bilmaydi. “The Natural Medicines Comprehensive Database” tadqiqot markazi olimlari lavanda alopetsiya (patologik soch toʻkilishi)ga qarshi samarali foyda berishini taʼkidlamoqda.
Biroz gangitib qoʻyuvchi xislatlari tufayli lavandadan ogʻriq qoldiradigan vosita sifatida foydalanish mumkin. Bu haqda Isfahon tibbiyot universiteti tadqiqotchilari maʼlum qilishdi. Ular bodomsimon bezlari olib tashlangan bolalarning ogʻriqini kamaytirishga harakat qilishdi. Natijada lavanda hidi bilan nafas olgan bolalar boshqa bemorlarga qaraganda kamroq ogʻriq his qildi.
Lavanda moyi yaralarni ham davolaydi. Agar siz uni yod bilan aralashtirsangiz, yara tezroq bitadi. Bu haqda turk olimlari “Dalillarga asoslangan qoʻshimcha va muqobil tibbiyot” nashrida maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring