“Hech qachon AQSH tarkibiga kirmaymiz”: Kanadaga yangi bosh vazir saylandi
Kecha, 9-mart kuni Angliya bankining sobiq boshligʻi Mark Karnini Kanada bosh vaziri hamda Liberal partiyasi rahbari lavozimi uchun kurashda gʻalaba qozondi, deb xabar bermoqda “BBC” nashri.
Unga koʻra, Mark Karni partiya ichidagi saylovlarda 85,9 foiz ovoz toʻplab, endi mamlakat bosh vaziri sifatida Jastin Tryudoning oʻrnini egallaydi. Yaqin kunlarda ushbu lavozim rasman unga topshiriladi hamda qasamyod qilish marosimi boʻlib oʻtadi.
Maʼlumki, 2025-yilning yanvar oyida Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo oʻn yillik rahbarligidan soʻng isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgan edi.
Xabarlarga koʻra, Mark Karni Tryudo hukumatiga kirmagan yagona nomzod boʻlib, u amaldagi hukumatning iqtisodiy siyosatini doimiy ravishda keskin tanqid qilib kelgan.
“Kanadaning amaldagi hukumati asosiy muammolar qolib, boshqa masalalarga koʻp urgʻu beryapti. Tramp bir necha bor 51-shtatga aylanishni taklif qilib chiqdi, lekin tayinli javob olganicha yoʻq. Kanada hech qachon AQSHning tarkibiga kirmaydi”, deydi Mark Karni.
Maʼlumot uchun, Mark Karni “Goldman Sachs”da ham faoliyat yuritgan. 2008-yilda Kanada Banki raisi etib tayinlangan. 2013-yilda esa Angliya bankini rahbarligiga oʻtib, bu lavozimda ishlagan dastlabki chet ellik shaxsga aylangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring