“Hech kim jarayonni kechiktirishdan manfaatdor emas” — Kreml Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi memorandum haqida maʼlumot berdi
Illyustrativ foto
Rossiya tomonidan Ukraina bilan memorandum ustida ish jadal davom etmoqda. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
“Hech kim jarayonni kechiktirishdan manfaatdor emas. Hamma dinamik ishlamoqda. Biz sizni xabardor qilib turamiz”, — dedi Kreml matbuot kotibi jurnalistlarga.
Uning taʼkidlashicha, memorandum boʻyicha ishlarning aksariyati diskret tarzda amalga oshiriladi va ommaviy boʻlmasligi kerak. Shuningdek, tomonlar oʻt ochishni toʻxtatish shartlari roʻyxatini alohida tayyorlaydi.
Shuningdek, 1000 nafarga 1000 nafar mahbus almashinuviga tayyorgarlik koʻrilmoqda, keyingi muzokaralar joyi toʻgʻrisida esa qaror hali qabul qilinmagan. Bundan tashqari, Moskva Vatikandan kelishuv doirasidagi hamkorlik boʻyicha aniq takliflarni olmagan hamda Rossiya mojaroni tugatishga hissa qoʻshmoqchi boʻlgan barcha davlatlarning saʼy-harakatlarini olqishlaydi.
Avval xabar qilganimizdek, Moskva va Kiyev vakillarining uchrashuvi 16-may kuni Istanbulda boʻlib oʻtdi. Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilgan prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy Ukraina bilan keng miqyosda — 1000 nafarga 1000 nafar asir almashishni eʼlon qildi. Bundan tashqari, tomonlar kelajakdagi oʻt ochishni toʻxtatish imkoniyatlari haqidagi tasavvurni taqdim etishga kelishib oldilar.
Ukraina tomoni muzokaralar chogʻida davlat rahbarlarining uchrashuvini oʻtkazishni soʻradi. Moskva, oʻz navbatida, buni hisobga oldi. Medinskiy, shuningdek, Rossiya muloqotni davom ettirishga tayyorligini qayd etdi.
Dushanba oqshomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp telefonda ikki soatdan ortiq suhbatlashdi. Rossiya rahbarining muzokaralar yakunlari boʻyicha xabar berishicha, Moskva Kiyev bilan memorandum, jumladan, oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha ishlashga tayyor.
Oʻz navbatida, Oq uy rahbari suhbatdan soʻng Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilmasligini, chunki mojaroni hal qilish imkoniyati borligini aytdi.
Ammo bu Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonida ijobiy qabul qilinmadi va ular Trampni toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar uchun Putinga bosim qila olmaganlikda aybladi hamda Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni eʼlon qildi.
Yevropa Ittifoqining 17-sanksiyalar paketiga koʻra, “qora roʻyxat”ga Rossiyaning 200 taga yaqin tankeri kiritildi. Ammo bu tankerlar qaysi davlat bayroqlari ostida harakatlanayotganiga aniqlik kiritilmagan. Ularga nisbatan cheklovlar Yevropa Ittifoqi portlariga kirishni va Yevropa kompaniyalarining ushbu kemalar bilan har qanday operatsiyalarini taqiqlashni anglatadi.
Bungacha Rossiyaning 1651 jismoniy, 742 yuridik shaxsi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari roʻyxatiga tushib boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring