“Haj” mavsumining ilk guruh ziyoratchilari Toshkentdan joʻnab ketdi

09:06 13 May 2025 Jamiyat
127 0

“Haj – 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi
Bugun, 13-may kuni muborak haj safarini niyat qilgan hojilarimizning dastlabki guruhi muqaddas zamin tomon yoʻlga chiqishdi.

Boʻlgʻusi hojilarni kuzatish uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev, shuningdek, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida jam boʻlishdi.

Muborak safar oldi Muftiy hazratlari Alloh taoloning bayti sari yoʻl olayotgan ziyoratchilar eson-omon Haj amallarini bajarib, yurtimizga sogʻ-salomat qaytib kelishlarini soʻrab xayrli duolar qildilar.

Shunday qilib, orzulari roʻyobidan his-hayajonga toʻlgan “Haj – 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер