“Hayotning har lahzasi goʻzal, umrning har dami gʻanimat...”

Ushbu satrlar muallifi, taniqli shoir Anvar Obidjon hayot va umr haqiqatlarini teran anglagan hamda buni odamlar qalbiga singdirishga harakat qilgan ijodkorlardan biridir. U oʻzining sermazmun umri, ijodiy yangiliklarga boy hayoti mobaynida adabiyotimizni boyita oldi, ona Vatanimizning naqadar goʻzalligi, xalqimizning oliyjanob va tantiligini oʻzining otashin satrlarida tarannum etdi.
Kuni kecha Oltiariq tumani Madaniyat uyida tashkil etilgan “Hayotning har lahzasi goʻzal” nomli adabiy kechada bu yana bir bor qayd qilindi. Tadbirga madaniyat va maʼrifat fidoyilari, shoir-yozuvchilar, ijodkorning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik vakillari jam boʻldi.
Soʻzga chiqqanlar Anvar Obidjon bosib oʻtgan hayot va ijod yoʻli haqida toʻxtaldi. Avlodlarga qoldirgan bebaho merosi katta ahamiyatga egaligi, bu xazina hech qachon zavol bilmasligi, ayniqsa, bolalar adabiyotida katta maktab yaratib, navqiron avlodning sevimlisiga aylanganini taʼkidlashdi.
Tadbirda shoir sheʼrlari asosida bastalangan qoʻshiqlar ijro etildi, shoir ijodiga bagʻishlab oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Sevinch KARIMOVA,
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring