Hasanboy Doʻsmatov “Rio-2016” va “Parij-2024” oltin medali sohibi!

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
-51 kg vazn toifasida qatnashayotgan bokschimiz Hasanboy Doʻsmatov Parij Olimpiadasi finaliga mezbonlar vakili, ushbu turnirga birinchi raqamda saralangan Bilal Bennamani magʻlub etdi.
Qiziqarli kechgan bahsning birinchi raundida hamyurtimiz 3:2, ikkinchi raundda 4:1 va uchinchi raundida 4:1 koʻrinishida ustun keldi. Shu tariqa, Hasanboy ikki karra Olimpiada chempioniga aylanmoqda.
Qayd etish kerakki, Doʻsmatovning finalgacha yoʻli ajoyib oʻtdi. Hasanboy chorak final bahsida qozogʻistonlik Saken Bibossinovni va yarim final bahsida Kabo Verde vakili Daniyel David Varela de Pinani magʻlub etdi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Hasanboy Maʼrufjon oʻgʻli Doʻsmatov 24-iyun 1993-yil Andijon viloyatida tavallud topgan. Hasanboy Doʻstmatov “Rio-de-Janeyro – 2016” yozgi Olimpiada oʻyinlarida 49 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgandi.
Bundan tashqari, hamyurtimiz 2013-yilda Universiada oʻyinlarida, 2015, 2017, 2022-yillarda oʻtkazilgan Osiyo chempionatlarida, 2022-yilda Osiyo oʻyinlarida, 2023-yilda jahon chempionatida gʻoliblikka erishgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring