Hasanboy Doʻsmatov Parij Olimpiadasi finalida!
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Hasanboy Doʻsmatov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
-51 kg vazn toifasida ringga chiqqan bokschimiz “Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi uchinchi jangida ham gʻalabaga erisha oldi.
Doʻsmatov yarim final bahsida Kabo Verde vakili Daniyel David Varela de Pinaga qarshi ringga koʻtarildi. Qiziqarli kechgan bahsning birinchi raundida 4:1, ikkinchi va uchinchi raundlarida 5:0 koʻrinishida ustun keldi. Shu tariqa Hasanboy finalga chiqmoqda.
Finalda esa unga fransiyalik Bilal Bennama raqiblik qiladi.
Avvalroq, oʻzbekistonlik soʻnggi bokschi qiz ham Olimpiadani tark etgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring