Harri Keyn yangi rekord oʻrnatdi
Kecha, Germaniya Bundesligasining navbatdagi turi doirasida “Bavariya” jamoasi oʻz maydonida “Verder” klubini qabul qildi. Uchrashuv 4:0 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda kiritilgan 2 ta golga Harri Keyn mualliflik qildi. Shu tariqa angliyalik hujumchi Yevropa TOP-5 chempionatlari doirasida bir klub safida 100 ta gol urish uchun eng kam oʻyin sarflagan futbolchiga aylandi.
Keynga “Bavariya”da 100 ta gol urishi uchun jamoa safida 104 ta oʻyin oʻtkazishi kifoya qildi.

Maʼlumot uchun, bungacha bu boradagi eng yaxshi natija Erling Holand va Krishtianu Ronalduga tegishli edi. Norvegiyalik hujumchi “Manchester Siti”da 100 ta gol urishi uchun 105 ta oʻyinda maydonga tushgan. Krishtianu Ronalduning “Real Madrid”dagi 100-golini urishi uchun ham 105 ta oʻyin kerak boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring