Har kuni pomidor sharbatini isteʼmol qilsangiz…

19:51 10 Sentyabr 2025 Ilm-fan
202 0

Pomidor sharbati nafaqat mazali, balki sogʻlom turmush tarzining bir qismi sifatida ham koʻrilishi lozim. U tarkibida turli vitamin va minerallarni jamlagan boʻlib, doimiy ichilganda organizmga sezilarli ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bu oddiy ichimlik yurak-qon tomir tizimidan tortib, qandli diabetning oldini olishgacha boʻlgan koʻplab foydalari mavjud. Ushbu maqolada pomidor sharbatini muntazam isteʼmol qilishning 6 ta eng muhim ijobiy taʼsiriga toʻxtalib oʻtamiz.

1. Tananing vitaminlarga boʻlgan ehtiyojini qondiradi

Pomidor sharbatining asosiy afzalliklaridan biri uning vitaminlarga toʻyingan tarkibidir. U kaloriya jihatidan yengil, ammo “A”, “C”, “K”, “B” guruhi vitaminlari, shuningdek kaliy, magniy va marganes kabi foydali elementlarga boy. Eng muhimi, pomidor sharbati 94% suvdan iborat boʻlib, bu uni yaxshi gidratatsiya manbaiga aylantiradi.

2. Qon bosimini tushiradi

Pomidor sharbatidagi likopin antioksidanti va kaliy moddasi qon tomirlarini kengaytirib, qon bosimini meʼyorda ushlab turishga yordam beradi. Ayrim ilmiy izlanishlar natijalariga koʻra, osh tuzi qoʻshilmagan pomidor sharbatini bir yil davomida muntazam ichgan kishilarda qon bosimi koʻrsatkichlari sezilarli darajada pasaygan.

3. Xolesterin darajasini nazorat qiladi

Likopin moddasi “yomon” xolesterin (LDL) miqdorini kamaytirishda ham samarali ekani isbotlangan. Qon bosimini oʻrganishga bagʻishlangan bir tadqiqotda qatnashchilar muntazam pomidor sharbati ichgach, LDL darajasi pasaygani kuzatilgan. Bu yurak xastaliklarining oldini olishda oddiy va foydali choralaridan biri boʻlishi mumkin.

4. Surunkali kasalliklar xavfini kamaytiradi

Pomidor sharbati yurak salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatish bilan birga, saraton kabi ogʻir kasalliklarning oldini olishda ham yordam berishi mumkin. Likopin antioksidanti arteriyalarda yogʻ qatlamlarini hosil boʻlishini sekinlashtiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va hujayralarni zararli erkin radikallardan himoya qiladi. Tadqiqotlar, ayniqsa, prostata saratoni xavfini kamaytirishda pomidor sharbatining foydali boʻlishi mumkinligini taʼkidlaydi.

5. Diabetga yo`liqishdan asraydi

Antioksidant va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlari tufayli likopin 2-tur diabetni kamaytirish va uni boshqarishda ham muhim rol oʻynashi mumkin. Pomidor sharbatidagi kaliy va magniy moddasi ham qondagi shakar miqdorini meʼyorda ushlashga yordam beradi.

6. Qand miqdorini barqarorlashtiradi

Pomidor sharbatining glemik indeksi past boʻlgani sababli, uni ichish qonda shakar darajasining keskin koʻtarilishiga sabab boʻlmaydi. Hatto ayrim tadqiqotlarda ovqatdan yarim soat oldin bir stakan pomidor sharbati ichgan kishilarda ovqatdan keyingi qand darajasi nazorat ostida boʻlgani aniqlangan.

Har qanday mahsulot kabi, pomidor sharbatini ham meʼyorida ichish kerak. U koʻpincha natriyga boy boʻladi. Shu sababli ortiqcha isteʼmol qilinganda zararli boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, uning tabiiy kislotasi baʼzida jigʻildon qaynashi yoki gastrit muammolarini kuchaytiradi. Buyrak xastaligi boʻlgan kishilar esa sharbatdagi yuqori kaliy miqdoriga ehtiyotkorlik bilan qarashlari lozim.

Mutaxassislar imkon qadar natriysi kamaytirilgan yoki umuman tuzsiz pomidor sharbatini tanlashni tavsiya qiladi. Eng yaxshi usul uyda yangi pomidordan sharbat tayyorlash. Bunda tuz va ziravorlarni oʻzingiz nazorat qilishingiz, hatto qoʻshimcha sogʻlom ingrediyentlar qoʻshishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер