Hamshiralar uchun yangi imkoniyat

12:38 04 Noyabr 2025 Jamiyat
130 0

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov “GLOBOGATE Concept AG” kompaniyasining Oʻzbekistondagi “Germaniya tibbiyot akademiyasi” loyihasi koordinatori Nodira Tillashayxova hamda kompaniyaning Oʻzbekistondagi rekruting boʻyicha koordinatori Akmal Abdujabborovni qabul qildi.

Unda Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG” kompaniyasining Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida tibbiyot sohasida taʼlim va karyera imkoniyatlarini bogʻlovchi yirik xalqaro dasturini amalga oshirish maqsadlari muhokama etilib, kompaniya vakillari tomonidan oʻquv yoʻnalishlari boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.

— Oʻqishga qabul qilinadigan nomzodlar “Hamshiralik ishi” yoki “Davolash ishi” yoʻnalishida texnikum yoki kollejni tugallagan hamda oʻz sohasi boʻyicha kamida 3-yillik ish stajiga ega boʻlishi lozim, — deydi Akmal Abdujabborov. —Shuningdek, hamshira va tibbiy ogʻalar faqat statsionar, yaʼni shifoxona va kasalxona boʻlimlarida ishlaydigan, bemorlarni parvarish qilish bilan shugʻullanuvchi hamda 36 yoshdan oshmagan boʻlishi talab etiladi.

Taʼkidlash joiz, oʻquv kurslaridagi barcha xarajatlar kompaniya tomonidan qoplanib, oʻquv davomida talabalarga dasturda belgilangan tartibda stipendiya ham toʻlanadi.

Har bir shahar va tumanda 20-25 nafargacha nomzoddan iborat kamida bittadan guruh tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Mashgʻulotlar sakkiz-oʻn oy davom etib, nemis tilida olib boriladi. Tilni oʻrganib, xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritgan talabalar Germaniyada ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.

Temur ESHBOYEV

(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер