Hamshiralar ishlash uchun Germaniyaga joʻnatilmoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona mintaqaviy kasbiy koʻnikmalar markazi (KOICA)da Germaniyada oʻrta tibbiyot xodimlari – hamshiralar mehnat faoliyatini tashkil etish maqsadidagi nemis tiliga tayyorlash hamda mamlakatimiz boʻylab tanlab olingan tibbiyot texnikumlarida Germaniya tibbiyot akademiyasi dasturini amalga oshirish boʻyicha yuzma-yuz muloqot boʻlib oʻtdi.
Unda Migratsiya agentligi Fargʻona viloyati hududiy filiali, Fargʻona viloyati oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari, taʼlim va tibbiyot sohasi mutasaddilari ishtirok etdi.
Targʻibot tadbirlari doirasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filiali, Fargʻona va Margʻilon shahrida joylashgan tibbiyot texnikumlarida ham uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuvlar davomida mutaxassislar Germaniyada ishlash orzusidagi soha vakillariga bu borada belgilangan talab hamda meʼyorlarni tushuntirishdi.

— Tez tibbiy yordam sohasida ishlab, kerakli amaliy tajribaga ega boʻlganman, — deydi hamshira Xursanoy Narimonova. — Shu bois Fargʻona shahrida tashkil etilgan qisqa muddatli oʻquv kursida nemis tilini puxta oʻrgandim. Imtihon topshirish orqali xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritdim.
Yaqin kunlarda ishlash uchun bir guruh hamkasblar bilan birga Germaniyaga ketaman. Ishonamanki, oʻrta tibbiyot sohasida jahon tajribasini oʻrganish kelgusi faoliyatimda juda ham qoʻl keladi.
Aytish joiz, bugungi kunda Fargʻona viloyatida faoliyat olib borayotgan tibbiyot texnikumlari, kasb-hunar maktablarida xorij tillari, xususan, nemis tilini oʻrganish kurslari tashkil etilgan. Hozirda xorijda ishlash orzusidagi minglab yigit-qizlar ushbu kurslarda oʻqib, amaliy bilim va tajribaga ega boʻlmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring