“Hammasi Uchinchi jahon urushi tomon ketayotgan edi” — Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish haqida gapirdi

10:46 19 Sentyabr 2025 Dunyo
90 0

Foto: Reuters

AQSH prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaga tashrifidan soʻng ushbu mamlakatning bosh vaziri Kir Starmer bilan qoʻshma matbuot anjumani oʻtkazdi. Unda Oq uy rahbari rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan munosabatlari, Ukrainadagi mojaroning hal etilishi, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qoʻllanilishi haqida gapirdi.

Oq uy rahbari Ukraina inqirozi haqida gapirar ekan, mojaro uchinchi jahon urushiga aylanishi mumkinligini aytdi. Trampning soʻzlariga koʻra, endi bu tahdid oʻtib ketdi.

“Oʻylaymanki, menimcha biz hozir bunday vaziyatda emasmiz. Biroq, hamma narsa Uchinchi jahon urushi tomon ketayotgan edi”, — dedi AQSH prezidenti. Siyosatchining qoʻshimcha qilishicha, agar u prezident boʻlganida bu mojaro sodir boʻlmasdi.

AQSH yetakchisi Rossiya prezidenti bilan yaxshi munosabatda boʻlgani uchun Ukraina inqirozini hal etish oddiy vazifa deb oʻylaganini tan oldi. Biroq, bu maqsadga erishish u kutganidan ham qiyinroq boʻlib chiqdi. Xullas, Trampning aytishicha, Putin unga pand bergan.

“Putin menga pand berdi. Haqiqatdan pand berdi”, — dedi Oy uy rahbari.

Shu bilan birga, u rossiyalik hamkasbi bilan 15-avgust kuni Alyaskada oʻtkazilgan uchrashuvni xato deb hisoblamasligini taʼkidladi.

Biroq, Trampning soʻzlariga koʻra, qiyinchiliklarga qaramay, Ukraina mojarosini hal qilish boʻyicha ishlar davom etmoqda. “Rossiya bilan bogʻliq vaziyatga kelsak, umid qilamanki, tez orada siz uchun yaxshi xabar boʻladi”, — dedi u jurnalistlarga.

Amerika yetakchisining qoʻshimcha qilishicha, oʻzini Ukrainada kelishuvga erishishga “majbur hisoblaydi” va bu hali amalga oshmaganidan xafa.

Tramp AQSH prezidenti etib qayta saylanishidan oldin ham Ukraina mojarosiga imkon qadar tezroq barham berish niyatini bildirgandi. Jumladan, 2023-yilning fevralida tarafdorlari bilan uchrashuvda u saylovda gʻalaba qozonsa, darhol Rossiya va Ukraina prezidentlariga qoʻngʻiroq qilib, mojaroga barham berishga vaʼda bergandi. Saylovda gʻalaba qozongan siyosatchi 2025-yilning aprel oyida bu bayonotni hazil edi dedi. Biroq u Ukrainadagi janglarni tugatishiga ishontirdi. Shu yilning yanvar oyida u buni olti oy ichida amalga oshirishi mumkinligini taxmin qilgan.

AQSH yetakchisiga koʻra, Ukrainadagi mojaro neft narxi tushib ketganidan keyin tugashi mumkin. Trampning fikricha, bu ssenariyda Rossiya rahbariyatining “urushni tark etishdan boshqa iloji qolmaydi”.

Shu bilan birga, u baʼzi Yevropa davlatlari Moskvadan neft sotib olayotgan ekan, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qoʻyishga tayyor emasligini aytdi. Bu, siyosatchining fikricha, AQSHga qarshi adolatsiz oʻyin.

“Men boshqa ishlarni qilishga tayyorman, lekin men uchun kurashayotgan odamlar Rossiyadan neft sotib olayotganda emas”, — dedi Tramp.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер