Hamkasbimizni qutlaymiz!

14:05 26 Avgust 2025 Jamiyat
90 0

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayrami munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” bosh gʻoyasi asosida oʻtkazilgan “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik-tanlovining respublika bosqichida “Bosma OAV xodimlarining eng yaxshi jurnalistik ishlari” nominatsiyasi boʻyicha “Xalq soʻzi” gazetasi katta muxbiri Nurilloh Ostonov 2-oʻrin gʻolibi boʻldi.

Hamkasbimiz bunday yuksak eʼtirofga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ijobiy oʻzgarishlar haqida eʼlon qilgan dolzarb publitsistik maqolalari tufayli erishdi.

“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati nomidan qalami oʻtkir jurnalist Nurilloh Ostonovni “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik-tanlovi gʻolibi boʻlgani bilan qutlaymiz!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер