Hamdoʻstlik doirasida hamkorlikni kuchaytirish – mamlakatlarning farovonligi va aholi sogʻligini saqlash yoʻlidagi muhim omildir
MDH davlatlari rahbarlarining sammitida Hamdoʻstlik mamlakatlarida sanitariya-epidemiologik sohasida sogʻliqni saqlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va monitoring qilish tizimini yaratish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi Kelishuvni imzolash xususidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi katta qiziqish uygʻotdi.
Koronavirus pandemiyasi tarqalishi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalasini yana-da dolzarblashtirdi. Bu masalada kechikish koʻplab insonlarning hayotiga xavf tugʻdiribgina qolmay, davlatning iqtisodiy tizimi rivojlanishiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Oʻzbekiston MDHga raisligi davrida Hamdoʻstlik davlatlarining aholisi salomatligini saqlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini taʼminlash boʻyicha zarur boʻlgan barcha chora-tadbirlarni koʻrdi.
Oʻzbekiston mutaxassislari COVID-19ga qarshi kurashga oʻz hissasini qoʻshdi. Yuzaga kelgan vaziyatni chuqur tahlili asosida pandemiyaga qarshi kurashish boʻyicha aniq chora–tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu yondashuv Hamdoʻstlik davlatlaridagi dasturlar bilan muvofiqlashtirildi va keng tarqatildi.
Oʻzbekiston raisligida Hamdoʻstlik mamlakatlari sanitariya-epidemiologik sohasida aholining sogʻligini saqlash va ushbu yoʻnalishda monitoring tizimini yoʻlga qoʻyish Kelishuvini imzolash jarayoni oʻz yakuniga yetgani – tashkilot uchun katta yutuqdir.
Kelishuv bandlarining amaliy tatbiq etilishi, MDH davlatlari oʻrtasida sogʻliqni saqlash va aholining sanitariya-epidemiologik farovonligini taʼminlash sohasida oʻzaro aloqalarini yana-da faol rivojlantirish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu hujjat samarali monitoring tizimini shakllantirish va sanitariya-epidemiologiya xarakteridagi favqulodda vaziyatlarni tezkor bartaraf etishga xizmat qiladi.
Mazkur Kelishuvni imzolash hamkorlikning umumiy sinovdan oʻtgan uslublarini rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratadi hamda MDH makonida sanitariya-epidemiologik barqarorlikni taʼminlash sohasida aniq loyihalarni amalga oshirishda xalqaro hamkorlikning eng maqbul formatini belgilaydi.
Alisher Qodirov,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring