HAMAS Trampning Gʻazodagi mojaroni hal qilish rejasiga oʻz takliflarini kiritmoqchi
Falastindagi HAMAS harakati AQSH prezidenti Donald Tramp taklif qilgan Gʻazo sektoridagi mojaroni hal qilish rejasiga oʻz izoh va takliflarini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS xabar qildi.
HAMAS siyosiy byurosi aʼzosi Muhammad Nazzalning taʼkidlashicha, yaqin vaqt ichida harakat mazkur rejaga rasmiy javobini taqdim etadi.
“Harakat rahbariyati kelishuvga erishishga jiddiy tayyor, ammo Gʻazoda qirgʻinbarot urushi davom etadigan yoki falastinliklar oʻz qonuniy huquqlaridan voz kechishiga majbur boʻladigan bitimni HAMAS qabul qilmaydi”, — dedi Nazzal.
Avvalroq Oq uy Gʻazo mojarosini hal etish boʻyicha prezident Tramp ishlab chiqqan 20 moddadan iborat rejani eʼlon qilgan edi.
Hujjatda falastinlik anklavda vaqtinchalik tashqi boshqaruv joriy etish, shuningdek, mintaqani barqarorlashtirish uchun xalqaro kuchlar joylashtirish nazarda tutilgan.
Isroil rasmiylari mazkur rejani qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring