HAMAS sulh taklif qildi, Netanyaxu uni “real boʻlmagan talablar”ga asoslanganini aytdi
Foto: JSST
Falastinning HAMAS harakati garovga olinganlarni Isroil qamoqxonalaridagi mahbuslarga almashtirish bilan sulh tuzishni taklif qildi. Bu haqda “Reuters” HAMAS hujjatiga tayanib xabar berdi.
Xabar qilinishicha, harakat AQSH va tinchlik muzokarachilariga isroillik garovga olinganlarni falastinlik mahbuslar bilan almashishni oʻz ichiga olgan oʻt ochishni toʻxtatish taklifini taqdim etgan. Shu bilan birga, HAMAS garovga olinganlarni qoʻyib yuborishdan avval falastinliklarni ozod qilishni va Isroil harbiylarini Gʻazodan olib chiqib ketishni talab qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda 100 nafar falastinlik Isroil qamoqxonalarida umrbod qamoq jazosini oʻtamoqda. 700 nafardan 1000 nafargacha falastinlikni ozod qilish evaziga garovga olingan ayollar, bolalar, qariyalar va ogʻir bemorlarni almashish taklif qilinmoqda.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning idorasi bu taklif “real boʻlmagan talablar”ga asoslanganini aytdi. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Misr va Qatar qarama-qarshi tomonlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish boʻyicha ishlarni davom ettiradi.
12-mart kuni “Al Arabiya” HAMAS AQSHning Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish tashabbusiga rozi boʻlgani haqida xabar berdi. Taklifda majburan koʻchirilganlarning qaytishi nazarda tutilgan.
13-mart kuni HAMAS Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuv haqidagi maʼlumotni, kelishuv tafsilotlarini ishlab chiqish uchun Qohiraga delegatsiyasi yuborilgani haqidagi maʼlumotlar ham rad etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring