HAMAS soʻnggi toʻrt kun ichida 48 nafar Isroil askarini yoʻq qilgan

00:08 25 Dekabr 2023 Dunyo
626 0

Foto: AP

HAMAS harakatining “Al-Qassam” harbiy qanoti rasmiy vakili Abu Ubayda soʻzlariga koʻra, harakat jangchilari soʻnggi toʻrt kun ichida 48 isroillik askarni oʻldirgan va Isroilning 35 ta harbiy texnikasiga zarba bergan.

“Soʻnggi toʻrt kun ichida “Al-Qassam” jangchilari 35 ta harbiy texnikani toʻliq yoki qisman yoʻq qilishga muvaffaq boʻlishdi. Bizning jangchilarimiz 48 nafar Isroil askari halok boʻlganini tasdiqladi, yana oʻnlab askarlar turli darajadagi ogʻirlikdagi jarohat oldi”, — deyiladi Abu Ubaydaning Telegram kanalida.

Bungacha Isroil bosh vazir Benyamin Netanyaxu mamlakat mudofaa kuchlari Gʻazo sektoridagi harbiy amaliyotni kengaytirayotganini maʼlum qilgandi.

“Isroil fuqarolari, biz Gʻazo sektoridagi harbiy amaliyotlarni kengaytirmoqdamiz. Toʻliq gʻalabaga qadar urushni davom ettiramiz. Bu oʻgʻirlab ketilganlarimizni qaytarish, HAMASni yoʻq qilish va Gʻazo endi Isroil uchun tahdid boʻlmasligini taʼminlashning yagona yoʻli”, — deydi u.

Netanyaxuning soʻzlariga koʻra, operatsiya vaqt talab etadi. Isroil oxirigacha kurashishga qaror qildi, ammo “buning badali askarning hayotidir”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер