Ham daromad, ham sayohat

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, 2025-yilda mavsumiy gullarning kompozit guldastalari: gladioli, xrizantema va dahlias xaridorlar orasida eng mashhur hisoblanadi. Afzalliklarning mavsumiyligi bozorda aniq koʻrinadi: mart oyida xaridorlar lolalarni, aprel va may oylarida — chinnigullar va pionlarni, avgust va sentyabr oylarida — xrizantemalarni tanlaydi. Atirgullar savdo tuzilmasining 90% ni tashkil qiladi.
Keyingi yillarda Andijon viloyatining Oltinkoʻl, Izboskan va Andijon tumanlari ham gulchilikka ixtisoslashgan markazga aylanib bormoqda. Oltinkoʻlda ilk gulchilik markazi tashkil etilgani isteʼmolchilarga arzon va sifatli gullar yetkazib berishda muhim oʻrin tutadi. Ayni paytda bu yerda 9,3 gektar maydonda 30 nafardan ziyod soha vakillari faoliyat olib bormoqda.
— Shu paytgacha gulchilik bilan shugʻullangan tadbirkorlar oʻz xonadonida faoliyat olib borgan, — deydi markaz masʼul xodimi Navroʻzbek Sodiqov. — Endilikda tajribali gulchilar yagona markaz atrofida birlashdi. Buning uchun maydon 26 qismga ajratildi. Tadbirkorlar tomonidan 8,9 gektar yer maydoni kimoshdi savdosi orqali sotib olingan. Qolgan qismida koʻrgazma maydoni va tashrif buyuruvchilar uchun sharoitlar yaratildi. Bu joy gul yetishtirish bilan shugʻullanuvchilar maskani emas, balki oʻziga xos agroturizm manzili hamdir. Markazimizda avtomobillar turargohi, tamaddixona va turli tadbirlar uchun maydon ham ishga tushirildi.
Ushbu markazning ishga tushirilishi orqali noyob oʻsimliklarni hudud iqlimiga moslash imkoniyati yaratildi. Endilikda turli davlatlardan olib kelingan, yilning toʻrt faslida ham yashnab turuvchi gul va butalarni mahalliylashtirish ishlariga kirishilgan. Buning uchun markazning 2,5 gektar maydonida issiqxonalar tashkil etilgan boʻlib, ularda 10 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib bormoqda. Bunday saʼy-harakatlarni amalga oshirish uchun 100 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan boʻlib, mavsumda bu raqam 250 taga yetishi koʻzda tutilgan.
— Gulchilik faoliyati bilan besh yildan beri shugʻullanaman. Shu yillar davomida mahsulotni respublikamiz boʻylab yetkazib berishni yoʻlga qoʻydik, — deydi tadbirkor Omadbek Shokirov. — Buning uchun 70 sotix yer maydonida oʻndan ziyod turdagi gullarni parvarishlab kelyapmiz. Xaridorlarning noyob oʻsimliklarga boʻlgan qiziqishi yuqoriligini hisobga olib, Yevropa davlatlaridan keltirilgan koʻchatlarni ham sotishni yoʻlga qoʻyganmiz. Ushbu markazdan ikki gektar yer ajratilishi imkoniyatlarimizni yanada kengaytirdi. Birinchi navbatda, xorijdan keltirilayotgan koʻchatlarni shu joyning oʻzida mahalliylashtirishni yoʻlga qoʻydik. Bugungi kunda Italiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan noyob gul va buta qalamchalarini olib kelib koʻpaytirishga erishdik. Buning uchun 30 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Avvallari 70 sotix maydondan yiliga 400-450 million soʻm daromad olgan boʻlsak, endilikda bu koʻrsatkichni 4-5 barobarga oshirishni rejalashtirganmiz.
Markaz tashkil etilguniga qadar gulchilar mahsulotni mamlakatimiz boʻylab yetkazib berishni yoʻlga qoʻygandi. Endi xaridorlarning oʻzi markazga tashrif buyurib, oʻzlari tanlagan gullarni sotib olish imkoniyatiga ega boʻldi. Hudud eko va agroturizmi rivojiga salmoqli hissa qoʻshishi koʻzda tutilgan ushbu maskanda elektr simlarini koʻrmaysiz. Taʼminot yuz foiz quyosh panellari orqali yoʻlga qoʻyilgan. 60 kVt quvvatga ega panellar orqali bir kunda davlatga 400-500 ming soʻmlik elektr energiyasi sotilmoqda. Bu bir oyda oʻrtacha 15 million soʻm qoʻshimcha daromad degani. 18 milliard soʻmlik loyiha asosida barpo etilgan ushbu markaz ham daromad, ham sayohat maskanidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring