Halol sertifikatlashtirish boʻyicha memorandum imzolandi
Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan “World Halal Trust Group” va “Halol “MAIB” Xalqaro sertifikatlashtirish markazi” MCHJ bilan Halol turizm sohasida yaqin hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.
Memorandumda ikki tomonlama hamkorlik va ikki tomonlama aloqalarni oʻzaro manfaatlilik, shuningdek, teng huquqlilik, oʻzaro ishonch, oʻzaro tushunish, Oʻzbekiston Respublikasida Halol turizmni rivojlantirishda maʼnaviy va tijoriy maqsadga muvofiqlik samaradorligi asosida mustahkamlash, Halol turizm uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash, davlatning iqtisodiy va madaniy rivojlanishida axloqiy meʼyorlar va qoidalarning ahamiyati va muhimligini eʼtiborga olish nazarda tutilgan.
Memorandumga binoan tomonlar Halol turizm, shu jumladan turizm xizmatlarini “Halol” sertifikatlash masalalari boʻyicha qoʻshma tadqiqotlarni rivojlantirish va bunday tadqiqotlarni xalqaro, milliy, mintaqaviy darajalarda oʻtkazish usullarini ishlab chiqishda ishtirok etishlari, kasbiy tayyorgarlik boʻyicha qoʻshma dasturlarni tashkil etishlari, OIC/SMIIC 9:2019 “Halol turizm xizmatlari. Umumiy talablar” standarti talablariga muvofiqligiga mehmonxona xizmatlarini sertifikatlash boʻyicha birgalikda ishlarni amalga oshirishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring