Hayvonot va oʻsimlik dunyosiga notoʻgʻri munosabatda boʻlganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Foto: Nova24
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-1004-son, 21.11.2024-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va oʻsimlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Shu tariqa, hayvonot va oʻsimlik dunyosining muhofazasi kuchaytiriladi.
Qayd etilishicha, Qonun bilan qonun hujjatlariga hayvonot va oʻsimlik dunyosidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, oʻz hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chogʻida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qoʻllagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa oʻsimliklarni qasddan shikastlantirganlik, payhon qilganlik yoki yoʻq qilganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Bundan tashqari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, uning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etishga doir koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi ham belgilab qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring