Hayit bayrami kuni metrodan foydalanish vaqtincha bepul boʻladi

13:04 05 Iyun 2025 Jamiyat
113 0

Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent metropoliteni vaqtincha barcha yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Qayd etilishicha, bayram kunida Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.

Shuningdek, metro yoʻlovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida quyidagicha tartibda poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi:

  • 7-iyun – shanba kuni uchun belgilangan jadval boʻyicha;
  • 8-iyun – yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat koʻrsatiladi.

Metropoliten matbuot xizmati avvalroq 6-iyun – Qurbon hayiti bayrami kuni yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin yaʼni tonggi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlashi haqida xabar bergan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?