Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati keskin tushib ketishi kutilmoqda

22:57 01 Noyabr 2021 Jamiyat
1198 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Payshanba kuni Oʻzbekiston boʻyicha ob-havo keskin oʻzgaradi. Mamlakatimizga Ural hududlaridan sovuq va biroz nam antitsiklon kirib keladi. 

4-noyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Togʻli hududlarda yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Respublika shimolida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuni 4-noyabrda havo harorati 3-8° iliqqacha pasayadi, bu oy boshi uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan 12-15° ga past boʻladi. Baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

5-noyabrda sovuq antitsiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Yogʻingarchilik faqat ayrim togʻli hududlarda saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 3-5° sovuqqacha, shimolda 7-10° sovuqqacha pasayadi, kunduz kuni harorat 3-8° iliqdan oshmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер