Hafta davomida havo harorati koʻtarilishi kutilmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 23-26-dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 23-25-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 26-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 23-24-dekabrda 2-7 daraja sovuq, 25-26-dekabrda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq gacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-dekabrda 0-5 daraja sovuq, 24-26-dekabrda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 23-24-dekabrda 7-12 daraja iliq, 25-26-dekabrda 5-10 daraja iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 23-24-dekabrda 2-7 daraja sovuq, 25-26-dekabrda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq gacha pasayadi.
Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 24-26-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 23-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 24-26-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 24-26-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 23-dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, 24-26-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-24-dekabrda 8-13 daraja sovuq, 25-26-dekabrda 3-8 daraja sovuq gacha pasayadi, kunduzi 0-5 daraja sovuqdan 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring