Habib Nurmagomedovning otasi koronavirusning jiddiy asoratlari tufayli hayotdan koʻz yumdi
Arxiv surat
Abdulmanap Nurmagomedovning yaqin doʻsti, dogʻistonlik sharhlovchi Ramazan Rabadanov taniqli murabbiyning vafoti haqida izoh berdi.
Uning aytishicha, UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi va ustozi koronavirusni yuqtirganidan keyin jiddiy asoratlarga duch kelgan.
“Abdulmannop ikki marta insultni oʻtkazdi. Yurak va miyada. Yurakni davolash mumkin edi, ammo miyani iloji yoʻq edi. U komadan chiqmadi. Vaziyat juda ogʻir va juda kech edi. Shifokorlar qoʻllaridan kelganini qildilar. Bu vaziyatga hatto prezident (Rossiya Prezidenti) ham aralashdi, ammo...», — degan Rabadanov.
Maʼlumot uchun, Abdulmannop Nurmagomedov aprel oyining oxiridan buyon kasalxonada edi. U avvaliga ogʻir yurak operatsiyasini boshdan kechirdi. Keyinroq uning koronavirus infeksiyasi bilan zararlangani maʼlum boʻldi. Habib Nurmagomedov otasini davolashda yordam berish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilgan va sportchining otasiga yuqori darajada tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Abdumannop Nurmagomedov oʻlimi bugun — 3-iyul kuni maʼlum qilindi. U 57 yoshda edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring