Gʻumoyli mahallasida elektr jihozlari ishlab chiqarilmoqda
Botir MADIYOROV/«Xalq soʻzi». Dangʻara tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash va shu orqali mahallalarni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, oilalarni doimiy daromad manbai bilan taʼminlash maqsadida keng qamrovli saʼy–harakatlar olib borilmoqda.
Ayni jarayondagi hayotbaxsh dasturlar doirasida yaqinda “Gʻumoyli” MFYda “Karobka mega global” MCHJ tomonidan 3 million dollar investitsiya jalb etilib, elektr choynaklar hamda elektr jihozlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Hozirda korxonada 50 nafar mahalliy aholi vakillari muqim ish oʻrniga ega boʻldi.

— Keng assortimentdagi mahsulotlarimiz ichki bozorda tobora xaridorgir boʻlib bormoqda,—deydi korxona rahbari Rahimjon Abdullayev.—Yaqin istiqbolda xalqaro sifat sertifikatlarini qoʻlga kiritib, mahsulotlarimizni keng miqyosda eksport qilishni ham maqsad qilganmiz.
Tadbirkor navbatdagi istiqbolli biznes–rejaga koʻra, ishlab chiqarish salmogʻi va sifatini yanada oshirish harakatida. Yangi loyiha qoʻshimcha 100 ta ish oʻrni yaratish imkonini beradi.

Viloyat rahbari ushbu loyihalar bilan tanishdi. Ish oʻrinlarini koʻpaytirish, mahsulotlarning sifatini oshirish kerakligi bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring