Gullarga burkangan maktab
Past Dargʻom tumanidagi Oshiq ota mahallasida joylashgan 109-son umumtaʼlim maktabida 35 nafar pedagog xodimlar 360 nafar oʻquvchiga taʼlim-tarbiya berib kelmoqda. Maktab binosi u qadar katta boʻlmasada, hovlisi ancha maydonni egallagan.
Agarda biror yumush bilan shu maktab yonidan oʻtib qolsangiz, albatta, dimogʻingiz xushboʻy iforni his etadi. Nogoh atrofga qarasangiz koʻzingiz maktab atrofida barq urayotgan, rang-barang gullar bilan burkangan chamanzorga tushdi.
Darhaqiqat, taʼlim dargohining hovlisi va yon-atrofida parvarishlanayotgan 15 turdan ortiq minglab gul koʻchatlari maktabga oʻzgacha koʻrk bagʻishlab turibdi.

— Maktab barchamizning ikkinchi uyimizdek boʻlib qolgan, — deydi maktab direktori Nizom Elboyev. — Ilm maskanini oʻz xonadonimizdan ham goʻzal va ozoda tutishga harakat qilamiz. Ekilgan minglab gullar maktabimiz koʻrkiga yanada koʻrk qoʻshadi. Qolaversa, shu yerda ishlayotgan va oʻqiyotgan kattayu kichik — barchaning dunyoqarashiga, tarbiyasiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Chunki buning natijasida ular oʻz uylarini ham shunday tutishga harakat qilishadi. Qarabsizki, mahallamiz ham obod boʻladi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring