Gulistondagi portlashda 3 kishi halok boʻlgani tasdiqlandi
Videodan kadr
Joriy yilning 2-dekabr kuni Guliston shahri “Taraqqiyot” MFY hududida joylashgan ovqatlanish shoxobchasida gazballon portlashi oqibatida yongʻin yuz bergani haqida xabar berilgan edi. Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur hodisa oqibatida necha kishi halok boʻlgani va jabrlanganlar sonini ochiqladi.
Maʼlum qilinishicha, vaziyat haqida tez tibbiy yordam “Call-markazi”ga soat 11:13 da xabar kelib tushgan. Tez tibbiy yordam brigadasi zudlik bilan soat 11:25 da voqea joyiga yetib borib, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatgan.
Hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish va tan jarohatlari olgan. Shundan 26 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan, 3 nafarining ahvoli qoniqarli boʻlgani bois ambulator yordam koʻrsatilib, uyiga javob berilgan.
“Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron Toʻlaganov boshchiligidagi kombustiolog, reanimatolog, neyroxirurg, qoʻshma jarrohlar xirurgi, travmatolog va mikroxirurglardan iborat malakali mutaxassislar shu kunning oʻzida voqea joyiga yetib borib, bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Unda qayd etilishicha, oʻta ogʻir qabul qilingan bemorlardan 3 nafari vafot etgan. Hozirgi paytda shifoxonaga yotqizilgan 1 nafar bemorning ahvoli oʻta ogʻir boʻlib, u sunʼiy nafas olish apparatida. Reanimatsiyadagi mavjud bemorlarning 5 nafari stabil ogʻir, nafasi mustaqil, hushida.
Shuningdek, qabul qilingan bemorlardan ikki nafari homiladorligi sababli ayni paytda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialiga koʻchirilgan. Ularning ahvoli qoniqarli. Qolgan 15 nafar bemorning ham ahvoli qoniqarli boʻlib, ular tegishli boʻlimlarda muolaja olmoqda.
“Shifoxonada bemorlar uchun zarur boʻlgan barcha dori-darmonlar mavjud. Ularga tegishli standartlar asosida malakali tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi har bir bemor salomatligini oʻz nazoratiga olgan”, deyiladi SSV xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring