Gulistonda ilk bor jahon chempionati oʻtkaziladi

14:34 15 Noyabr 2023 Sport
140 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida shu yilning 16-20-noyabr kunlari belbogʻli, bel olish hamda uch kurash turlari boʻyicha kattalar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Unda Osiyo va Yevropa qitʼalaridan oʻttizga yaqin nomdor polvonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Aytish lozimki, jahon chempionatiga ilk bor mezbonlik qilayotgan Sirdaryo viloyati mamlakatimizning yil sayin koʻplab nufuzli sport musobaqalari oʻtkazilayotgan manzillaridan biriga aylanmoqda. Xususan, joriy yilda basketbol, gandbol, stol tennisi, badminton, regbi, kurash, shashka, anʼanaviy taekvondo, shuningdek, bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati, kombat aykido boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkazildi. May oyida viloyat tarixida ilk bora professional bokschilar oʻrtasida “Boks kechasi” yuqori saviyada tashkil etildi.

Shuningdek, joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida yana bir qator nufuzli xalqaro va respublika musobaqalari oʻtkazilishi belgilangan. Bundan tashqari, shu oyning oʻzida velosport va tennis boʻyicha respublika hamda dekabr oyida voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati hamda qilichbozlik boʻyicha xalqaro turnirlarni tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер