“Guliston” goʻzal manzilga aylanmoqda

Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanidagi eng olis hududlar sirasiga kiruvchi “Guliston” MFY yaqin-yaqingacha rivolanishdan chetda qolgan, dasht yerlardan iborat manzil sifatida taʼrif etilar edi. Xalqimizning qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi, degan iborasi aynan shu hudud uchun aytilgandek edi goʻyo.
Bugun esa “Guliston”da oʻn yillarga tatigulik oʻzgarishlar amalga oshirilayotganiga guvoh boʻlish mumkin. Mahallada qisqa fursatda 61 ta koʻp qavatli zamonaviy uylar qurib bitkazildi, maktab va bogʻcha, madaniyat markazi, xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari qad rostladi. Landshaft arxitekturasi asosida hudud boʻylab gulzorlar, mevali va manzarali daraxtlar alleyalari yaratildi.
-“Yashil makon” loyihasi asosida mahallamizga 500 tup manzarali daraxt koʻchatlari ekilyapti,- deydi 40 yillik tajribaga ega bogʻbon Muhammadnosir Xudoyberganov. – Shu tariqa koʻp qavatli uylar atrofiga archa, kashtan, eman daraxtlarini koʻproq ekish, yoʻl boʻylariga esa chinor va tol soya-salqini muhimligiga eʼtibor qaratilmoqda. “Guliston”imiz kun sayin oʻz nomiga monand boʻlib boryapti. Bu yerga kelgan kishining mana shunday yangilanishlardan bahri dili ochilmogʻi tayin.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring