Guliston davlat universitetida mamlakatdagi eng yirik oʻquv zaliga ega axborot-resurs markazi ish boshladi
Yaqinda Guliston davlat universiteti axborot-resurs markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Yangilangan markazda 660 nafar foydalanuvchi uchun joy yaratilgan boʻlib, bu koʻrsatkich ARMni mamlakatimizdagi kutubxonalar orasida eng ulkan oʻquv zaliga ega maskanlardan biriga aylantirdi. Shuningdek, markaz eng koʻp kompyuterli oʻquv zaliga ega kutubxona sifatida ham qayd etildi: 252 ta oʻrinda zamonaviy kompyuterlar oʻrnatilgan.

— Yangi bino barcha zamonaviy kutubxona standartlariga toʻliq mos keladi, — deydi Guliston davlat universiteti Axborot-resurs markazi direktori Obidjon Oqyigitov. — Hozir markazimizda 14 mingdan ziyod foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ularning asosiy qismini talabalar tashkil qiladi. Imkoniyatlar kengaygani tufayli universitet atrofidagi mahalla aholisiga ham xizmat koʻrsatish koʻlamini kengaytirmoqdamiz. Shuningdek, avtomatlashtirilgan — onlayn xizmat koʻrsatish tizimini joriy etish ustida ham ish olib borilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, universitet ARM fondida 40 ming nomdagi 389 ming nusxa adabiyot mavjud. Eʼtiborlisi, elektron kutubxona fondi ham yil sayin kengayib bormoqda: hozirda unda 47 ming nomdagi elektron adabiyot jamlangan.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring