Gulchilikdan hatto qishda ham yaxshigina daromad olyapmiz

19:37 20 Noyabr 2025 Jamiyat
331 0

Samarqand tumanining Navobod mahallasida yashayman. Toʻrt yildan buyon gulchilik bilan shugʻullanib kelyapman.

Hozirda 25 sotixli issiqxonada turli xil gul koʻchatlarini yetishtirib, shu orqali oilam bilan barqaror daromadga ega boʻlmoqdamiz.

Bu yerda oilaviy mehnat qilamiz. Yil boʻyi gul koʻchatlarini parvarishlaymiz. Qish oylarida “Viola” gullarini yetishtirish bilan shugʻullanamiz. Bu gulning afzalligi shundaki, u sovuqqa juda chidamli: +15 darajadan −35 darajagacha boʻlgan haroratda ham yaxshi oʻsadi. Ammo issiqqa chidamsiz. Eng muhimi, issiqxonani isitishning ham hojati yoʻq.

Ayni paytda 10 sotix yerda 3 ming tup “Viola” koʻchati tayyor boʻlgan. Har bir koʻchat uchun urugʻ, idish, biogumus va oʻgʻitlarga oʻrtacha ming soʻm sarf boʻladi. Tayyor koʻchatlar esa oʻrtacha 3 ming soʻmdan sotiladi. Demak, har bir koʻchatdan 2 ming soʻm sof foyda qoladi. Bu hisob bilan bir mavsumda taxminan 400 million soʻm daromad koʻrish mumkin.

Bundan tashqari, bahor, yoz va kuz mavsumlariga moʻljallab ham turli xil gul koʻchatlarini yetishtiramiz. Yaqinda xrizantema gullarini sotib tugatdik. Endi qish mavsumida uch marta “Viola” koʻchatlarini, bahorda esa rayhon, salviya va pituniya kabi gul koʻchatlarini yetishtiramiz. Yildan-yilga xaridorlar soni koʻpayib bormoqda. Kelgusida issiqxonalar sonini koʻpaytirish hamda gulchilikni keng miqyosda yoʻlga qoʻyish niyatimiz bor.

Fozil GADOYEV,

Samarqand tumani

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?