Gripp va koronavirus: Ularni bir-biridan qanday farqlash mumkin?
Koʻplab mamlakatlarda ayni paytda gripp epidemiyasi avj olmoqda. Bu xastalik belgilari “omikron” shtammi alomatlari bilan deyarli bir xil.
Tibbiy tahlillarsiz ushbu kasalliklarni bir-biridan qanday farqlash mumkin? Xorijlik olimlar bu boradagi xulosalari bilan oʻrtoqlashdi.
Gripp virusining inkubatsiya davri ancha qisqa — 1-2 kunni tashkil etadi. Koronavirusning yashirin muddati esa uzoqroq — 4-6 kun davom etadi. Demak, grippga chalingan bemor bilan muloqotdan bir kun oʻtib, betob boʻlib qolsangiz, sizga ham mazkur infeksiya yuqqani ehtimoli yuqori.
Odatiy gripp koʻpincha mushak, boʻgʻim va suyaklar hamda bosh ogʻrigʻini keltirib chiqaradi.
Har ikki xastalik tana haroratining keskin koʻtarilishi, tomoq ogʻrigʻi, yoʻtal va umumiy holsizlik bilan boshlanadi. Burun oqishi va 37 daraja atrofidagi isitma esa boshqa oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga xos. Lekin aniq tashxis uchun PZR-test talab etiladi.
Shunga qaramay, har ikki kasallikning yengil shakllarida statsionar muolaja choralari bir xil: yotoq rejimi, koʻproq suyuqlik ichish, harorat 38 darajadan oshganda va bosh ogʻriganda isitma tushiruvchi hamda ogʻriq qoldiruvchi dorilar ichish talab etiladi. Eng muhimi, uy sharoitidagi muolajalar kamida bir hafta davom etishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring