Greta Tunberg yana Gʻazoga dengiz orqali yetib bora olmadi
Shvetsiyalik ekolog Greta Tunbergning Gʻazo sektoriga dengiz orqali yetib borishga qaratilgan urinishi yana amalga oshmadi. Bu haqda Global Sumud Flotilla maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, flot harakatiga noqulay ob-havo sharoiti toʻsqinlik qilgan. 31-avgust kuni Barselonadan chiqib ketgan 20 ga yaqin kema qisqa vaqtdan soʻng yoʻlni toʻxtatib, shtorm sabab portga qaytib kelgan.
“Barcha ishtirokchilar xavfsizligi va missiyamizning muvaffaqiyatini taʼminlash uchun ana shunday qaror qabul qildik”, — deyiladi tashkilot bayonotida.
Ayni vaqtda faollar qachon yana Gʻazoga yoʻl olishga urinishi haqida maʼlumot berilmagan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil iyun oyida Greta Tunberg va turli mamlakat faollari “Madlin” yaxtasi orqali Gʻazo sektoriga yetib borishga harakat qilgan edi. Biroq kemani Isroil harbiylari toʻxtatib, undagi faollarni qoʻlga olgan va mamlakatdan deportatsiya qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring