“Google”ga tegishli kompaniya Isroildagi faoliyatini toʻxtatdi
Foto: “The Guardian”
“Google”ning sogʻliqni saqlash va maʼlumotlar bilan shugʻullanuvchi Verily kompaniyasi Isroilda tadqiqot va ishlanmalar markazini ochganidan uch yil oʻtib, oʻz faoliyatini yakunlamoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Manbaga koʻra, Xayfa va Tel-Aviv shaharlarida joylashgan “Verily” kompaniyasi xodimlari 2024-yilning uchinchi choragida ishdan boʻshatilishi kutilmoqda. Kompaniya yopilish sababini Gʻazodagi urush bilan bogʻliq emasligi, balki, oʻz strategiyasini asosiy mahsulotlar va loyihalarga qayta yoʻnaltirishga urinish sifatida baholagan.
Maʼlumot uchun, 2021-yilda “Verily” Isroilda oʻzining birinchi ilmiy-tadqiqot markazini ochdi va mahalliy kasalxonalar va sogʻliqni saqlash tashkilotlari bilan hamkorlik qilishini eʼlon qildi.
Kompaniya vakiliga koʻra, shu vaqt ichida jamoa biotibbiyot muammolarini sunʼiy intellekt yordamida hal etishga eʼtibor qaratib, muhim yangiliklar amalga oshirgan va koʻplab yutuqlarga erishgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, kompaniya bu ishlarni kelgusida AQSHda davom ettiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring