Gʻoliblar tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanma oldi

14:58 21 Noyabr 2024 Jamiyat
297 0

Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida oʻquvchilarning mustaqil fikrlash koʻnikmalarini yanada shakllantirish, ularga ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish orqali kitobxonlikka jalb etish maqsadida “Jadidlar izidan” respublika tanlovi boʻlib oʻtmoqda.

Ilk bor oʻtkazilayotgan mazkur tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 25-oktyabriga qadar “Jadidlar izidan.uz” platformasi orqali Sirdaryo viloyati tuman va shaharlaridagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilaridan 4278 nafari onlayn roʻyxatdan oʻtdi.

Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida koʻrik-tanlovning viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda mazkur tanlov oʻquvchilarni ilm olishga ishtiyoqi va intilishini ragʻbatlantirish, kitobxonlikni yanada kengaytirish kabi koʻplab ezgu maqsadlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyatga ega boʻlishi taʼkidlandi. Hozirgi yoshlar orasida iqtidorli yigit-qizlar juda koʻp ekanligi eʼtirof etildi.

Yakunda belgilangan shartlar boʻyicha eng yuqori natijaga erishgan Sardoba tumanidagi 18-maktab oʻquvchisi Madina Qarshiboyeva hamda Guliston shahridagi 5-maktab oʻquvchisi Bobur Qodirov gʻolib deb topildi. Tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun: Tanlovning respublika bosqichida eng yuqori ball toʻplagan 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер