“Golden Belt”: Oʻzbek bokschilari umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi

Ruminiyada boks boʻyicha “Golden Belt” nomli xalqaro turnir oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Maʼlum qilganimizdek, musobaqada 10 nafar bokschimiz final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan va 3 ta vaznda oʻzbek oʻgʻlonlarining chempionlik uchun oʻzaro ringga koʻtarilishi jamoamiz kamida 3 ta oltin medalni naqd qilishidan dalolat berar edi. Yakunda bokschilarimiz 6 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Shubhasiz, bunday natijaga turnirda ishtirok etgan hech qaysi jamoa yaqinlasha olmadi. Ruminiyadagi musobaqada gʻolib va sovrindor boʻlgan bokschilarimiz:
Oltin:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-67 kg: Javlon Yuldashev
-75 kg: Saidjamshid Jaʼfarov
-80 kg: Dilshod Roʻzmetov
+92 kg: Lazizbek Mullajonov
Kumush:
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Diyor Oʻralov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Bronza:
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-63,5 kg: Shoxruhbek Kenjayev
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston boks federatsiyasi va terma jamoamizni mazkur musobaqada vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yigitlarimizning umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgani bilan samimiy tabriklaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 422 ta Hukumat qarori bekor qilindi
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Maymun chechak Osiyoning yana bir davlatiga kirib keldi
- Oʻzbekistonlik bokschilar Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi
- JSST maymun chechagi epidemiyasini favqulodda holat deb eʼlon qildi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring