Gʻijduvonlik taniqli kulol poytaxtda hunarmandchilik uyi ochdi

Kulolchilik koʻhna shaharlar, deylik, Buxoroga tengdosh, balki undan ham qadimiyroqdir. Gap shundaki, shu hunar sharofati bilan toʻrt tomonini sahroyu changalzorlar oʻrab olgan, togʻ-toshlardan yiroq manzilda Buxoro deb atalmish shahar qad rostlagan. U loyni pishirish evaziga tayyorlangan gʻishtdan barpo etilgan. Oʻzbekiston xalq ustasi Abdulla Narzullayev ajdodlardan meros shu hunarni eʼzozlab kelyapti. Uning saʼy-harakati bilan yaqinda mamlakatimiz poytaxti Toshkentda hunarmandchilik uyi ochildi.
— Gʻijduvon shahrida ustaxona, koʻrgazma zali, kulolchilik va kashtachilik tarixiga oid ashyolar jamlangan uy-muzeyimiz faoliyat koʻrsatmoqda, — deydi 200-yillik tarixga ega sulola vakili. — Xorijiy sayyohlar tez-tez kelib turadi. Ular uchun mahorat saboqlari ham oʻtkazyapmiz. Xalqaro koʻrgazmalarda qatnashyapmiz. Asarlarimiz dunyoning nufuzli muzeylari va shaxsiy kolleksiyalardan oʻrin olgan. Jahon va yurtimiz xalq amaliy sanʼati ixlosmandlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida Toshkentda ham hunarmandchilik uyi ochish orzusida edik. Shukr, niyatimizga yetdik.
“Risola” deb atalgan mazkur hunarmandchilik uyi ismi jismiga monand. Unda milliy ruh singdirilgan. Kulolchilik, kashtachilik va gilam toʻqish ustaxonalari, rang-barang buyumlar koʻrgazmasi, mehmonlarni qabul qilish uchun xonalar mavjud. Shuningdek, milliy taomlardan tanovul qilish uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Ekskursiya qilishdan tashqari sayyohlar mahorat saboqlari olishi, qoʻl mehnatiga asoslangan ish jarayonini bilan yaqindan tanishishi mumkin. Mintaqaning oʻndan ziyod kulolchilik maktablari mahsulotlari jamlangan maskanda ehtiyojmand oila vakillariga hunar sirlarini oʻrgatish uchun ham koʻzda tutilgan.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring