Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashgan fuqarolar koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi
Hukumat qarori (717-son, 11.11.2025-y.) bilan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida»gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur koʻkrak nishoni bilan fidoyi fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlar taqdirlanadi.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligiga har yili 1-mayga qadar taqdim etiladi.
Koʻkrak nishoni, qoida tariqasida, har yili 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring