“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti 4 oyga yopiladi

12:28 02 Fevral 2025 Jamiyat
343 0

Фото: Давлат божхона қўмитаси матбуот хизмати

“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti 2025-yilning 5-fevral kunidan eʼtiboran 4 oyga yopiladi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, cheklov mazkur postdagi ulkan qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda. Xususan, postda vaqtinchalik binolarni demontaj qilish, hududni obodonlashtirish, postga tutash hududda zarur infratuzilmani tashkil etish nazarda tutilgan.

Shu munosabat bilan “Gʻishtkoʻprik” chegara posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati 2025-yilning 5-fevral kunidan “Navoiy” chegara bojxona postiga yoʻnaltiriladi.

Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay boʻlishini taʼminlash maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

Maʼlumot uchun, “Navoiy” chegara bojxona posti ham Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan boʻlib, “Gʻishtkoʻprik” postiga yaqin hudud hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер