Germaniyaning nufuzli klinikalari bilan xirurgiya va onkologiya sohasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi — SSV
Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Germaniyaning nufuzli “Helios Klinikum Northheim” jarrohlik klinikalari tibbiy direktori va bosh vrachi Doktor Aksel Rixter bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Samimiy ruhda kechgan muloqotda keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari qator sohalar, xususan, tibbiyot yoʻnalishida ham jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Taʼkidlanganidek, Germaniya yurtimizga koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yengib oʻtishda katta amaliy yordam koʻrsatdi. Ushbu davlat koʻmagi bilan COVAX dasturi doirasida mamlakatimizga AstraZeneca vaksinasi yetkazib berildi.
Shuningdek, Yevropaning yuqumli kasalliklarni oʻrganish sohasidagi nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasasi — Robert Kox instituti va mashhur “Sharite” klinikasi mutaxassislari bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatilishi yurtimiz tibbiyotida zamonaviy va ilgʻor davolash-diagnostik texnologiyalarni amaliyotda qoʻllash, jarrohlik sohasidagi tajriba va ilgʻor usullarni oʻzlashtirish borasida muhim omil boʻldi.
Qolaversa, “Friedensdorf International” xalqaro xayriya tashkiloti va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan birgalikda amalga oshirilayotgan insonparvarlik aksiyalari va istiqbolli loyihalar ham sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishda katta samara berayotir.
Uchrashuvda A. Rixter Oʻzbekistonga ilk bor kelganini taʼkidlab, mamlakatimiz tibbiyotidagi oʻsish va ijobiy oʻzgarishlarni alohida eʼtirof etdi.
Xususan, germaniyalik mehmon akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy-radiologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi faoliyati bilan tanishuv unda katta taassurot qoldirgani, mazkur muassasalarning moddiy-texnik bazasi, u yerda yaratilgan sharoitlar hamda mutaxassislar malakasiga yuqori baho berdi.
Muloqot soʻngida vazir A.Inoyatov va A.Rixter qator yoʻnalishlar, jumladan, xirurgiya va onkologiya sohalari boʻyicha kadrlar almashish, ular malakasini oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlik qilishga kelishib oldi.
Shuningdek, Doktor Aksel Rixter 26-27-may kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston — Germaniya xalqaro tibbiyot forumida qatnashish istagida ekani va mazkur tadbirdan katta natijalar kutayotganini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring