Germaniyadan gʻalaba, markaziy oʻyinda durang
Kecha, 14-noyabr kuni Yevropa mintaqasida Jahon chempionati saralash bosqichining navbatdagi tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Kunning eʼtiborli bahslaridan biri Germaniya terma jamoasi bilan Lyuksemburg oʻrtasida kechdi.
Uchrashuv 0:2 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlandi. Birinchi boʻlimda hisob ochilmadi.
Ikkinchi boʻlim boshida “Nyukasl” hujumchisi Nik Voltemade hisobni ochdi. Oradan yigirma daqiqa oʻtib, Voltemade oʻzi ikkinchi golni ham urib, hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Uchrashuv aynan shu hisobda yakun topdi.
Mazkur gʻalaba evaziga Germaniya terma jamoasi ochkolarini 12 taga yetkazdi va toʻplar nisbati hisobiga koʻra guruhda peshqadamlik qilmoqda. Lyuksemburg esa ketma-ket beshinchi bor magʻlubiyatga uchrarkan, mundial yoʻllanmasi uchun kurashdan chiqib ketdi.
Guruhda birinchi oʻrin taqdiri 18-noyabr kuni Leyptsigda boʻlib oʻtadigan Germaniya — Slovakiya uchrashuvidan keyin maʼlum boʻladi.
Lyuksemburg — Germaniya 0:2
Gollar: Voltemade 49, 69
Lyuksemburg: Mori, Koracz, Jans, Carlson, Bonert, O. Till, Martins (Kurchi, 80), Barreiro, Dardari (S. Till, 88), Sinani, Olsen (Embalo, 80)
Germaniya: Baumann, Tah (Thiav, 79), Baku, Anton, Raum, Pavlovic, Goretzka (Nmecha, 53), Sané, Virtz, Gnabry, Voltemade
Markaziy oʻyinda durang natija
Kunning markaziy bahsi Varshavadagi Milliy stadionda boʻlib oʻtdi. Unda Polsha terma jamoasi Niderlandiya jamoasini qabul qildi.
Saralash tugashiga ikki tur qolgan bir vaqtda Niderlandiya 16 ochko bilan guruhda peshqadam edi. Shu bois mezbonlarni faqat gʻalaba qanoatlantirardi. Biroq Robert Levandovski boshchiligidagi jamoa bu vazifani bajara olmadi.
Uchrashuvning 43-daqiqasida “Köln” hujumchisi Yakub Kaminski hisobni ochdi. Tanaffusga shu hisobda chiqildi.
Ikkinchi boʻlim boshida esa Niderlandiya terma jamoasi yetakchisi Memphis Depay hisobni tenglashtirdi. 1:1 hisobi uchrashuv oxirigacha oʻzgarmadi.
Polsha — Niderlandiya 1:1
Gollar: Kaminski 43 — Depay 47
Polsha: Grabara, Cash (Vszolek, 81), Kedziora, Ciolkovski, Kivior, Skuras, Szymanski (Kapusta, 13), Zielinski, Zalevski (Grosicki, 82), Kaminski, Levandovski
Niderlandiya: Verbruggen, Timber, Geertruida (van Hecke, 74), Timber, van Dijk, van de Ven, Gravenberch (Schouten, 89), Kluivert (Reijnders, 74), Malen, Depay, Gakpo
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring