Germaniyada Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati kunlari boʻlib oʻtdi

17:19 02 Dekabr 2023 Dunyo
495 0

Shu yilning 28-avgust - 2-sentyabr kunlari Germaniya boʻylab Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati kunlari oʻtkazildi.

“GUZ Partners” hamkorlik loyihasi doirasida oʻtkazilgan  mazkur  tadbirlar “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va Germaniyaning trikotaj ishlab chiqaruvchilar konfederatsiyasi (Gesamtmasche), Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida tashkil etildi. Unda  15 dan ortiq milliy toʻqimachilik korxonalari vakillari ishtirok etdi. 

Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati kunlari doirasida “Oʻzbekiston-Germaniya” toʻqimachilik forumi, “V2V” shaklidagi uchrashuvlar uyushtirildi. Shuni alohida qayd etish kerakki, Shtutgart, Albshtad, Byoningxem, Xeylbron va Frankfurt shaharlarida boʻlib oʻtgan tadbirlarda jami 60 dan ziyod nemis korxonalari faol qatnashdi.

 Tadbirlarda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi mutasaddilari, Oʻzbekiston elchisi, Germaniya trikotaj ishlab chiqaruvchilari konfederatsiyasi, Germaniya toʻqimachilik uskunalari ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi rahbarlari soʻzga chiqib, mamlakatimizning toʻqimachilik sanoatidagi islohotlar va  ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari, oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlarining Yevropa bozoriga yetkazib berish imkoniyatlari xususida  toʻxtaldilar.

Muzokaralar  natijasida mashhur nemis brendlarini jalb qilish va oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlarini Yevropa bozoriga yetkazib berish boʻyicha Germaniyaning  yirik “Würth Modyf”, “FALKE”  va “Lidl” kompaniyalari hamda “ELMOD”  riteyleri bilan  kelishib olindi. Shuningdek, “Nina Von C” brendining Oʻzbekistonda yangi ishlab chiqarish fabrikasini ishga tushirish va mazkur yorliq ostidagi mahsulotlarni Yevropa bozoriga yetkazib berish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Bundan  tashqari,  trikotaj ishlab chiqarish uchun malakali texnolog mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan Germaniya oliy  taʼlim muassasalari  bilan   hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, onlayn vebinar va oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha  bir  toʻxtamga kelindi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari, shuningdek, “Helaba Bank”, “OddoBank” va “LBBW Bank”  banklari rahbarlari bilan muzokaralar  oʻtkazishdi. Uchrashuvlar  davomida germaniyalik  ishlab  chiqaruvchilar  bilan  amalga oshiriladigan yangi toʻqimachilik loyihalarini hayotga  tadbiq etishni  moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер