Germaniyada boʻlib oʻtgan Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Joriy yilning 16-27-iyul kunlari Germaniyaning Reyn-Rur shahrida Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlari oʻtkazildi. Mazkur Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarida dunyoning 113 ta davlatidan 18 ta sport turi boʻyicha 5 ming 100 nafardan ortiq talaba sportchilar 234 ta jamlanma medallar uchun bahs olib bordi. Musobaqa Germaniyaning 6 ta shaharlarida, jumladan, Boxum, Duysburg, Essen, Myulxaym-an-der-Rur, Xagen hamda Berlinda oʻtkazildi.




Oʻzbekiston sport delegatsiyasi mazkur musobaqada 11 ta sport turi, xususan, kamondan otish, sport gimnastikasi, yengil atletika, suvga sakrash, dzyudo, badiiy gimnastika, eshkak eshish, suzish, stol tennis, taekvondo VT va tennis turlari boʻyicha 18 ta oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi 53 nafar sportchilardan iborat tarkib bilan ishtirok etdi.



Oʻzbekiston sport delegatsiyasi musobaqa yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Universiadalar tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi, 5 ta sport turi boʻyicha 4 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza, jami 15 ta medal qoʻlga kiritdi. Ushbu natija bilan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi umumjamoa hisobida 13-oʻrinni, Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa 1-oʻrinni egalladi.



Shuningdek, Universiadalar tarixida ilk bor suzish, badiiy gimnastika va yengil atletika sport turlaridan medallar qoʻlga kiritildi.


Xususan, Sharifa Davronova – yengil atletika (Uch hatlab sakrash), Taxmina Ikromova – badiiy gimnastika (yakkalik tasma hamda yakkalik halqa), Najmiddin Qosimxodjayev, Shohjahon Karimboyev, Madina Mirabzalova, Diyora Azizovalar – taekvondo VT (aralash jamoaviy) boʻyicha oltin medalni;


Taxmina Ikromova – badiiy gimnastika (yakkalik koʻpkurash hamda yakkalik bulava), Eldor Usmonov – suzish (50m batterflyay), Marat Mavlonov – taekvondo VT (+87 kg) boʻyicha kumush medal,

Madina Mirabzalova – taekvondo VT (-57 kg), Shamsiddin Qurbonov – taekvondo VT (-58 kg), Najmiddin Qosimxodjayev – taekvondo VT (-74 kg), Eldor Usmonov – suzish (100m batterflyay), Laziza Haydarova – dzyudo (-48kg), Shukurjon Aminova – dzyudo (-52kg), Shohjahon Axmedov, Marat Mavlonov, Umidjon Turobov – dzyudo (erkaklar jamoaviy) boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring