Germaniyada bolalar oʻrtasida zotiljam holatlari koʻpaygan

Illyustrativ foto
Germaniyada bolalar oʻrtasida zotiljam (pnevmoniya) holatlari koʻpaygan. Xususan, mahalliy “Focus” jurnalining mahalliy tibbiyot muassasalariga tayanib xabar berishicha, mamlakatda mikoplazma zotiljamining birinchi holatlari qayd etilgan.
Taʼkidlanishicha, bunday tashxis qoʻyilgan bemorlarning aksariyatini bolalar tashkil etmoqda. Shu bilan birga, shifokorlarning fikriga koʻra, infeksiya asosan 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalarda aniqlangan.
“Baʼzi holatlarda haqiqatdan ham kasallikni ogʻir oʻtishini kuzatyapmiz”, deydi bolalar pulmonologi, Altona bolalar kasalxonasining tibbiy direktori Filipp Stok.
Mutaxassisning fikriga koʻra, bemorlar koʻpincha ogʻriqli yoʻtaldan shikoyat qiladilar. Oʻz navbatida, shifokorlar nafas olish yoʻllarining “juda aniq” torayishi va tomoq shilliq qavatining yalligʻlanishini qayd etganlar.
Shifokorning taʼkidlashicha, mikoplazma zotiljami boʻlgan bolalar yetti kundan oʻn kungacha kasalxonada davolanishi talab etiladi. Biroq, Stokning taʼkidlashicha, hech bir holatda bemorlarning hayotiga xavf tugʻilmaydi.
Shu yilning noyabr oyida Xitoyda voyaga yetmaganlar oʻrtasida respirator kasalliklarning koʻpayishi qayd etilgandi. Keyinchalik Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) vakili Margaret Xarris mutaxassislar mikoplazma zotiljamini pandemiya potensiali, deb hisoblamasligini aytdi.
Oldinroq, Qozogʻistonda bolalar orasida qizamiq keng tarqalgani haqida xabar bergandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring