Germaniyada “ahmoqona sanksiya siyosati”dan voz kechishga chaqirildi

17:31 03 Noyabr 2023 Dunyo
390 0

Illyustrativ foto

“Germaniya uchun muqobil” oʻng qanot deputati Leyf-Erik Xolm Germaniya hukumatini “ahmoqona sanksiya siyosatidan” voz kechishga chaqirdi.

“Birinchidan, bu yuqori energiya xarajatlarini kamaytirishni anglatadi... Qisqa aytganda: atom energetikasiga qaytish orqali... Sanksiyalar qoʻllaganlarga emas, bizga zarar keltiradi, bu iqtisodiy va siyosiy bemaʼnilikdir”, deydi deputat.

Siyosatchining fikricha, Germaniya eksportining pasayishiga hukumatning energetika siyosati va oʻzini-oʻzi yoʻq qiluvchi cheklovlar sabab boʻldi.

Shu oʻrinda Xolm “bir paytlar eksport qiluvchi mamlakat boʻlgan Germaniya hozir “tiqilib” qoldi”, deya qayd etdi.

Germaniya Federal Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, sentyabr oyida mamlakatdan eksport oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 7,5 foizga kamaygan va 126,5 milliard yevroni tashkil qilgan. Avgustga nisbatan bu koʻrsatkich 2,4 foizga qisqargan.

Oldinroq, Germaniya kansleri Olaf Shols eksportning pasayishini mamlakat iqtisodiyotidagi muammolarning asosiy sabablaridan biri, deya atagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер