Germaniya urushga tayyorlanyaptimi? Nemislar yangi bunker tizimini yaratishni rejalashtirmoqda

Germaniya Federal aholining xavfsizligi va favqulodda holatlarda yordam agentligi (BKK) mamlakat hududida yangi bunkerlar tarmogʻini yaratish boʻyicha reja ishlab chiqmoqda. Ushbu loyiha xalqaro tahdidlar ortib borayotgan sharoitda aholining xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan. Bunkerlarga hukumat binolari va metro stansiyalarining moslashtirilishi rejalashtirilyapti. Bu haqda DW xabar berdi.
Xabar berilishicha, bunkerlarga kirish oson boʻlishi uchun maxsus ilova ishlab chiqiladi. Ushbu mobil ilova fuqarolarga eng yaqin bunker masofasini koʻrsatib beradi. Shu bilan birga, aholiga oʻz uylarining garaj va podval qismlarida shaxsiy boshpana qurishni ragʻbatlantirish ham nazarda tutilgan.
Nemis shaharlari birlashmasi yangi boshpanalar qurilishini talab qilyapti. 2024-yil mart oyida Andre Bergegger xavfsizlikni kuchaytirish uchun milliardlab investitsiyalarni yoʻnaltirish kerakligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, aholining xavfsizligini taʼminlash endi davlatning asosiy vazifalaridan biri boʻlishi lozim.
Hozirgi bunker boshpanalar aholining faqat kichik qismini qamrab oladi. Sovuq urush davrida mavjud boʻlgan 2000 ta jamoat bunkerlardan hozirda faqat 600 tasi faoliyat koʻrsatmoqda. Ular jami 500 ming kishini sigʻdira oladi.
Mutaxassislar eski bunkerlardan foydalanishni tiklashni taklif qilmoqda. Ular yangi bunkerlarga sarmoya kiritish va mavjud inshootlarni qayta tiklash muhimligini qayd etdi. Germaniya xavfsizlikni taʼminlash borasida yangi yondashuvlarni ishlab chiqayotgani ayrim tushunmovchiliklarga sabab boʻlmoqda.
Germaniyaning yangi bunkerlar tarmogʻini yaratish tashabbusi xalqaro tahdidlarning oshishi, jumladan Rossiya bilan potensial harbiy keskinlikning kuchayishi fonida urushga tayyorgarlik sifatida koʻrilishi mumkin. Rossiyaning agressiv siyosati va global xavfsizlik muhitining notinchligi Germaniyada fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun jiddiy choralar koʻrishga undamoqda. Bu saʼy-harakatlar Germaniyaning milliy mudofaa tizimini kuchaytirish va aholini urush oqibatlaridan himoya qilish maqsadlarini oʻz ichiga oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring